06:56 / 30.12.2015
3426

Samsung “aqlli” halqaga patent oldi

Samsung brendi ishqibozlari kompaniyada smartfonni “aqlli” halqa yordamida boshqarishga patenti borligini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Patently Mobile sayti.

Patentga ishlangan rasmlarga ko‘ra, halqa Android-qurilmalarda dasturlarni, maishiy texnika va uy tizimlarini ishga tushirish va boshqarishga imkon beradi.

Taxminlarga ko‘ra, foydalanuvchilar halqa yordamida TV-kanallar, radiostansiyalarni bir-biriga o‘tkaza oladilar, xonadagi chiroqni yoqa oladilar, kirayotgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish yoki bekor qilishni amalga oshira oladilar.

Qurilma haqida boshqa tafsilotlar hozircha noma'lum.    

Top