21:44 / 30.12.2015
4287

Samsung ilk bioprotsessorning ommaviy ravishda ishlab chiqarilishini e'lon qildi

Yangi yil arafasida Samsung taqib yuriluvchi elektronika uchun bioprotsessorlarning ishlab chiqarilishini e'lon qildi. Chiplar insonning jismoniy holatini kuzatish uchun mo‘ljallangan aqlli soatlar, fitnes-bilakuzuklar va boshqa elektronika uchun maxsus yaratilgan.

Bugungi kunda bunday qurilmalarning ko‘pchiligi uncha takomillashmagan o‘lchash tizimidan foydalanadi, shuning uchun uning aniqligi mukammal emas. Yangi bioprotsessor bilan barchasi o‘zgarishi kerak. Chip 5 ta asosiy ko‘rsatkich: yog‘ qatlami, mushak vazni, puls, tana harorati va stress darajasini aniq o‘lchashga imkon beradi.

Kompaniya shu tariqa o‘sib borayotgan taqib yuriluvchi aqlli elektronika bozorida yetakchilikni qo‘lga kiritmoqchi. Aqlli soat va bilakuzuklar keyingi yilda yanada ommaviylashishi kerak. Aynan fitnes-bilakuzuklar joriy yilda yangi yilda sovg‘a qilingan eng ommabop gadjyet bo‘ldi. Yangi bioprotsessor negizida yaratiladigan qurilma 2016 yilning birinchi yarmida sotila boshlanadi.

Top