07:54 / 30.12.2015
3528

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Turkiyani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Turkiya qurolli kuchlari Suriyadagi terrorchilarga bevosita ko‘mak ko‘rsatgan, deb aytdi Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja'fariy BMT Xavfsizlik kengashiga yo‘llagan ochiq maktubida. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. 

“Ixtilof davomida Turkiyaning Suriya ichki ishlariga aralashuvi turli ko‘rinishlar olgan, jumladan Erdo‘g‘an tuzumi tomonidan turk harbiylari terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha harbiy operatsiyalarga jalb qilingan. Terrorchilarning Turkiyadan Suriyaga o‘tishiga ko‘mak berish maqsadida Turkiya qurolli kuchlari terrorchilarning Suriya yoki Suriya-Turkiya chegara bo‘ylab harakatlanishida ularning xavfsizligini ta'minlagan”, deb aytdi Ja'fariy.

Ja'fariy, shuningdek, Erdo‘g‘an tuzumi Suriyadagi jangarilar guruhlariga yordam berayotganlar orasida “eng muhim o‘rin egallashini” qo‘shimcha qildi.

Top