20:54 / 30.12.2015
3092

Xiddink yanvar oyida "Chelsi"ni hech kim tark etmasligini bildirdi

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Guus Xiddink Angliya chempionatining 20 turida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

U jamoa futbolchilaridan hech biri qishki transferlar vaqtida hech qayoqqa ketmasligi haqida ma'lum qilgan. Bundan tashqari, u "aristokratlar" jamoasi hozircha Dide Drogbani murabbiylar shtabiga jalb qilmagani haqida aytgan.

"Menga "Chelsi" futbolchilarining barchasi jamoada qolishi kerak. Ularning hech biri yanvar oyida transferga qo‘yilmaydi. Drogbaning jamoaga taklif etilishi xususida esa aniq gap ayta olmayman", deya Xiddinkning so‘zlarini keltiradi jamoa rasmiy saytining tvitteri.

Ma'lumot uchun, Drogba ayni vaqtda "Monreal Impekt" jamoasi a'zosi hisoblanadi.

Top