13:06 / 30.12.2015
18035

Yagona yer solig‘i stavkasi 6 barobarga tushirildi

2016 yilning 1 yanvaridan “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidentining qarori bilan yagona yer solig‘i stavkasi 0.95 foiz miqdorida belgilandi. Bu haqda Norma.uz sayti xabar bermoqda.

Ilgari bu stavka qishloq xo‘jaligi yerlarining 2004 yil narxlaridagi normativ qiymatiga 6 foizni tashkil qilgan edi. Har bir xo‘jalikning qishloq xo‘jaligi yerlari normativ qiymati O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan belgilab beriladi.

Qishloq xo‘jaligi yerlari normativ qiymatining 2015 yildagi qayta hisob-kitobi uning sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi. Qayta baholashning yakunlanishi munosabati bilan fermer xo‘jaliklarining soliqqa tortilish sharoitlarining yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yagona yer solig‘i stavkasi proporsional tarzda tushirildi.
Ushbu soliq stavkasi 2011 yildan beri qayta ko‘rib chiqilmagan edi.

Top