19:16 / 31.12.2015
9543

2015 yilda boyib ketgan 42 startap

Business Insider nashriyoti 42 ta amerikalik startaplardan tashkil topgan ro‘yxatni e'lon qildi, ularning qiymati ushbu yilda milliard dollar chegarasini kesib o‘tgan. Tizim ma'muriyati, sog‘liqni saqlash va hatto buxgalterlik hisobi sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mazkur ro‘yxatdan joy egallagan. Ularning barchasini deyarli yagona bir narsa bog‘lab turadi – ushbu korxonalar o‘ziga xos mahsulot va xizmatlarni yetkazib berishda axborot texnologiyalaridan foydalanadilar.

Reyting yetakchisi hisoblangan Zenefits kompaniyasi mijozlarga oylik maosh va mukofotlarni to‘lash jarayonini osonlashtirishda yordam beradi. Bugungi kunga kelib, qiymati 4,5 milliard dollarni tashkil etgan mazkur startap sanoatning eng tezkor rivojlanayotgan vakillaridan biri sanaladi.

Patrik Sun-Siong, NantHealth asoschisi

Ikkinchi o‘rin sovrindori Social Finance (SoFi) kompaniyasi esa pullarni qarzga olish imkoniyatini beradi, u banklar va boshqa moliya institutlarining bevosita raqobatchisi sanaladi. 2015 yilda SoFi 4 millard dollardan ortiq kreditlarni taqdim etgan.

Yangi milliarder-startaplar ro‘yxatidagi uchinchi o‘rinda Tanium kompaniyasi joylashgan bo‘lib, u tizim ma'murlariga tashkilotning tarmoq sanoatida yuz berayotgan barcha jarayonlarni kuzatib turishda qo‘l keladi.

Piter Teil (Peter Thiel), Stemcentrx asoschisi va asosiy sarmoyadori

To‘rtinchi o‘rin sohibi bo‘lgan Stemcentrx kompaniyasi sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritadi. Mazkur startap saraton bilan kurashishning muqobil usullari – odam organizmida kasallik chaqiruvchi hujayralarni yo‘q qilishni ishlab chiqmoqda. Mazkur ro‘yxatning yana bir vakili NantHealth kompaniyasi mijozlar ma'lumotlarini to‘plab, big data texnologiyasi yordamida kasallikni davolashning eng samarali usullari bo‘yicha maslahatlar beradi.

Quyida startap-milliarderlarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan (mablag‘ining o‘sib borishi tartibida):

42. Datto

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari  

Tashkil etilgan yil: 2007

Faoliyat yo‘nalishi: Kompaniya kichik va o‘rta korxonalarga kompyuter, ofis va serverlarning yo‘q qilinishiga olib kelgan tabiiy talafotlardan keyin o‘z faoliyatini tiklashda yordam beradi.

41. Kabbage

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari  

Tashkil etilgan yil: 2009

Faoliyat yo‘nalishi: eBay, Amazon i Etsy xaridorlargia  pulni qarzga beradigan moliyaviy startap.

40. AppDirect

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari  

Tashkil etilgan yil: 2009

Faoliyat yo‘nalishi: kompaniya ilovalar ishlab chiqaruvchilari va yirik korporativ mijozlar o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi.

39. Apttus

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2006

Faoliyat yo‘nalishi: kompaniya sotib olish va sotish jarayonini osonlashtiradi. Sotuvchi salohiyatli xaridor bilan aloqaga chiqqach, Apttus kerakli mahsulotni tanlash, narh borasida kelishish, hujjatlar almashinuvini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadi.

38. Carbon3D

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2013

Faoliyat yo‘nalishi: kompaniya 3D-nashr bilan shug‘ullanib, raqamli texnika, avia ishlab chiqaruvchilar va boshqa sanaot vakillariga xizmat ko‘rsatadi.

37. Vox Media

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2003

Faoliyat yo‘nalishi: Curbed, Re/code, Vox.com, The Verge, Eater, SB Nation, Polygon va Racked kabi loyihalarning ta'sischisi.

36. Zscaler

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2008

Faoliyat yo‘nalishi: axborot xavfsizligi sohasida xizmat ko‘rsatadi.

35. Zeta Interactive

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2007

Faoliyat yo‘nalishi: mashhur brendlar rivojlanishini kuzatish va tahlil qilish.

34. Fanduel

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2007

Faoliyat yo‘nalishi: sportchilar muvaffaqiyatlari (fantasy sport) natijalariga ko‘ra pul yutib olish imkonini beradigan doimiy viktorinalarni o‘tkazish.

33. Coupa Software

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2006

Faoliyat yo‘nalishi: yirik kompaniyalarga dasturiy ta'minotni xarid qilish bilan bog‘liq harajatlarni optimallashtirishda yordam beradi.

32. MarkLogic

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2003

Faoliyat yo‘nalishi: Coupa Software kabi dasturiy ta'minotni mijozlarning korporativ tarmog‘ida xarid qilish va tarqatish jarayonini osonlashtiradi.

31. SimpliVity

Qiymati: 1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2009

Faoliyat yo‘nalishi: server, saqlovchi va tarmoq adapterlarini o‘zida mujassam etgan apparat qurilmalarini ishlab chiqaradi.

30. 23andMe

Qiymati: 1,03 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2006

Faoliyat yo‘nalishi: odam irsiyatini tadqiq etish. Kompaniya mijoz so‘lagini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan 60 dan ortiq hisobotlarni taqdim etadi. Irsiy kasalliklarga moyilligini ko‘rsatib bera oladi.

29. Docker

Qiymati: 1,07 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2010

Faoliyat yo‘nalishi: ishlab chiqaruvchilarga instrumentlar to‘plamini taqdim etadi, krossplatformali dasturiy ta'minotni yaratishni osonlashtiradi.

28. Nextdoor

Qiymati: 1,1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2010

Faoliyat yo‘nalishi: bir-biriga yaqin joylashgan ko‘chada istiqomat qiluvchilar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoq. Xizmatdan foydalanish uchun o‘z ismi va turar joyini tasdiqlashning o‘zi kifoya.

27. Udacity

Qiymati: 1,1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2011 

Faoliyat yo‘nalishi: o‘qitishning innovatsion usullari. O‘quvchilarga oddiy darsliklar tarqatish, ma'ruzalar o‘qish o‘rniga, Udacity Google, Cloudera, Facebook va Salesforce kabi texnogigantlar bilan hamkorlik qilgan holda, tor yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘ziga xos mashg‘ulotlarni ishlab chiqadi.

26. Uptake

Qiymati: 1,1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2014

Faoliyat yo‘nalishi: Internetga oid qurilmalarni ishlab chiqadi. Kompaniya energiya resurslari harajatlarini qisqartirgan holda, yirik korxonalar bilan hamkorlik qiladi.

25. Twilio

Qiymati: 1,1 milliard AQSh dollari 

Tashkil etilgan yil: 2008

Faoliyat yo‘nalishi: kompaniya veb ilovalarga audio-qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish kabi nostandart funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan APIlarni taqdim etadi.

24. Sprinklr

Qiymati: 1,17 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2009

Faoliyat yo‘nalishi: ijtimoiy resurslarni boshqarish bo‘yicha xizmatlar taqdim etadi.

23. Okta

Qiymati: 1,2 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2009

Faoliyat yo‘nalishi: axborot xavfsizligi sohasidagi xizmatlar. To‘rt mingdan ortiq ilovalarga oid ma'lumotlarni saqlaydi, har kuni avtorizatsiya qilishga oid  millionlab so‘rovlarni qayta ishlaydi.

22. Warby Parker

Qiymati: 1,2 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2010

Faoliyat yo‘nalishi: vintaj uslubidagi ko‘zoynaklarni sotish.

21. Medallia

Qiymati: 1,25 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2001

Faoliyat yo‘nalishi: Sephora, Honeywell, Verizon va Sony kabi gigantlarga hisoblash bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etadi.

20. Thumbtack

Qiymati: 1,3 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2008

Faoliyat yo‘nalishi: tumandagi o‘z kasbining mahoratli ustalarini izlash va tashkil etishda yordam beradi. Masalan, mijozga uning shahridagi yaxshi bo‘yoqchi kerak bo‘lsa, Thumbtack bu borada yordam berishi mumkin.

19. DraftKings

Qiymati: 1,35 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2011

Faoliyat yo‘nalishi: Fanduel kabi foydalanuvchilarga ularning sevimli sportchisi so‘nggi musobaqalarda (fantasy sport) yaxshi natija ko‘rsatganida, pul yutib olish imkonini beradi.

18. Jet.com

Qiymati: 1,5 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2013

Faoliyat yo‘nalishi: tezkorlik bilan rivojlanayotgan onlayn-do‘kon. Mijozlar omborxonadan yirik buyurtmani amalga oshirganlarida, chegirmaga ega bo‘lishlari mumkin.

17. Buzzfeed

Qiymati: 1,5 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2006

Faoliyat yo‘nalishi: mazkur media-gigant yangiliklardan tortib, mushuklarga oid videoroliklar kabi keng turdagi xizmatlarni taqdim etadi.

16. MuleSoft

Qiymati: 1,5 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2006

Faoliyat yo‘nalishi: turli API, ilova va qurilmalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam berish.

15. The Honest Company

Qiymati: 1,7 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2011

Faoliyat yo‘nalishi: uyni tartibga solish uchun ekologik xavfsiz bo‘lgan mahsulotlarni sotish.

14. Oscar Health Insurance

Qiymati: 1,75 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2013

Faoliyat yo‘nalishi: yangi avlod sug‘urta kompaniyasi. Oscar mijozlari shifokordan telefonda bepul maslahat olishlari, shuningdek shaxsiy foydalanish uchun fitnes-trekerlarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Agar qurilma yangi muvaffaqiyatni qayd etsa, misol uchun mijoz kun davomida miqdor jihatdan rekord darajadagi qadamlarni bosib o‘tsa, maxsus sovg‘aga ega bo‘ladi.

13. Zocdoc

Qiymati: 1,8 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2007

Faoliyat yo‘nalishi: bemordan uzoq bo‘lmagan joydagi shifokorni topish va tezkorlik bilan uning qabuliga kirish uchun ro‘yxatga kirish imkonini beradi.

12. Prosper Marketplace

Qiymati: 1,9 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2006

Faoliyat yo‘nalishi: Pulni qarzga berish va foizga qarz olish istagida bo‘lgan odamlarni bir-biri bilan bog‘lab qo‘yadi.

11. Blue Apron

Qiymati: 2 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2012

Faoliyat yo‘nalishi: obunachilarga yangi oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlash bo‘yicha g‘aroyib retseptlarni yuboradi.

10. Domo Technologies

Qiymati: 2 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2010

Faoliyat yo‘nalishi: ma'lumotlarni tozalash va tahlil uchun tayyorlash, vizuallashtirish va big data sohasidagi boshqa xizmatlar.

9. Github

Qiymati: 2 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2008

Faoliyat yo‘nalishi: dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilari uchun mashhur ijtimoiy loyiha.

8. NantHealth

Qiymati: 2 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2007

Faoliyat yo‘nalishi: bemorlar to‘g‘risida ma'lumotlar to‘plash va big data yordamida optimal davolashni hisoblab chiqish.

7. Avant

Qiymati: 2 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2012

Faoliyat yo‘nalishi: kirim darajasi past bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini berish.

6. Lyft

Qiymati: 2,5 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2012

Faoliyat yo‘nalishi: taksi chaqirish va bron qilish xizmati, faqat AQShda faoliyat yuritadi.

5. Wish

Qiymati: 3 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2011

Faoliyat yo‘nalishi: mobil tijorat. Kompaniyaga Yahoo, Google va Facebook’ning sobiq xodimlari tomonidan asos solingan.

4. Stemcentrx

Qiymati: 3 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2008

Faoliyat yo‘nalishi: saratonni davolashning muqobil usullarini tadqiq etish. Stemcentrx davolash qiyin bo‘lgan saraton hujayralarini yo‘q qilishni ishlab chiqishga intilmoqda.

3. Tanium

Qiymati: 3,5 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2007

Faoliyat yo‘nalishi: tizim ma'murlariga tashkilot kompyuterlari, serverlari va tarmoq qurilmalarida sodir bo‘layotgan hamma narsa boxabar bo‘lish imkoniyatini beradi.

2. Social Finance (SoFi)

Qiymati: 4 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2011

Faoliyat yo‘nalishi: kreditlar berish. Kompaniya joriy yilning o‘zidayoq to‘rt milliard dollardan ko‘proq kreditlar bergan. 

1. Zenefits

Qiymati: 4,5 milliard AQSh dollari

Tashkil etilgan yil: 2013

Faoliyat yo‘nalishi: oylik maosh, mukofot va boshqalarni to‘lash jarayonini osonlashtiradi. Axborot texnologiyalari sohasida eng tezkor rivojlanayotgan kompaniyalardan biri sanaladi.

Manba: Xabardor.uz

Top