08:31 / 31.12.2015
3058

Iroq bosh vaziri: Turkiya qo‘shinlarni olib chiqib ketish kelishuviga amal qilmayapti

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Turkiya mamlakatning shimoliy qismidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish kelishuvi shartlariga amal qilmayotganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Al-Obodiyning ta'kidlashicha, Turkiya delegatsiyasi Iroqqa tashrifi doirasida Turkiyaga qaytgandan keyin qo‘shinlarni olib chiqib ketishini e'lon qilishga va'da bergan, biroq “Turkiya hukumati ushbu kelishuvga hurmatsizlik bilan munosabat bildirmoqda”.

Bundan tashqari, al-Obodiy Turkiya hukumatidan Iroqdan o‘z qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqib ketishini e'lon qilishini talab qildi.

Avvalroq Iroq Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilgandi. Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jafariy “agar urush xavfi yuzaga kelsa, Iroq o‘z dahlsizligi, fuqarolari va zaxiralarini himoya qilishini” aytgan.

Top