09:34 / 31.12.2015
8573

Turkiya bosh vaziri Su-24 samolyotiga hujum qilish haqida buyruq bermaganini aytdi

Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Su-24 samolyotiga hujum qilish haqida buyruq bermaganini aytdi, deb xabar bermoqda NTV.

“Men bu samolyotni urib tushirish haqida buyruq bermaganman. 17 soniyada menga murojaat qilib va men bunday buyruq berishga ulgurishim mumkinmi? Yo‘q, buning iloji yo‘q. Bosh vazir xavflarga javob berish qoidalari kuchga kirishi haqidagi ko‘rsatmalarni beradi”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu.
Dovudo‘g‘luning aytishicha, Turkiya bosh shtabi voqeadan ikki kun avval bu qoidalarni qo‘llash bo‘yicha vakolatni Turkiya harbiy-havo kuchlariga topshirgan.

Top