09:04 / 20.01.2016
10384

Olimlar: odamlarning uylarida 500dan ziyod turdagi hashoratlar yashaydi

Tadqiqotchilar odamlarning uylarida 500dan ziyod turdagi bo‘g‘imoyoqlilar (hashoratlar, qisqichbaqasimonlar, o‘rgamchaksimonlar va ko‘poyoqlilar) yashashini hisoblab chiqishdi. Ushbu izlanishga bag‘ishlangan maqolaning to‘liq matni PeerJ jurnalida chop etildi.

Olimlar 2012 yilning may oyidan oktabrigacha AQShdagi bir-biridan olisda joylashgan 50ta uyga tashrif buyurishadi. Izlanishlari mobaynida olimlar o‘zlari topishga muvaffaq bo‘lgan barcha jonli mavjudodlar namunalarini to‘plashdi.

Mutaxassislar jami bo‘lib 304 oilaga mansub 579 turdagi bo‘g‘imoyoqlilarni topishdi. Har bir uyda o‘rtacha yuz xil turdagi jonli mavjudod odamlar bilan bir qatorda kun kechirishi aniqlandi. Xilma-xillik esa har bir uyga 24-128 oilaga mansub 32-211gacha turdagi hashoratlarni tashkil etdi.

Eng ko‘p tarqalgan turlar sifatida esa chivinlar, o‘rgimchaklar, qo‘ng‘izlar, chumolilar yashar ekan. Olimlarning qayd etishicha, aksariyat hashoratlar insonlar bilan tinchlikda qo‘shnichilik qilib, ularga hech qanday ziyon yetkazmaydi.

Top