00:10 / 01.02.2016
3535

AQShdagi kafe Donald Tramp sharafiga gamburger yaratdi

1 fevralda praymeriz (dastlabki saylovlar) boshlanadigan AQShning Ayova shtatidagi kafelardan biri o‘z taomnomasiga AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Donald Tramp sharafiga nomlangan gamburgerni kiritdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Kafeda izohlanishicha, yangi taom "gamburgerni yana avvalgidek buyuk qiladi". Trampning AQShni yana buyuk qilishi haqida aytgan gapiga kesatiq qilib shunday deyildi.

Gamburger ikki bo‘lak non, ularning orasiga qo‘yiladigan 220 gramm cho‘chqa go‘shti, 150 gramm mol go‘shti va qovurilgan piyozdan iborat.

Top