19:27 / 01.02.2016
2760

Belgiya IIV: Mingdan ortiq iroqlik qochqin Belgiyani o‘z ixtiyori bilan tark etdi

2015 yilda Belgiyaga kirib kelgan mingdan ortiq qochqin yangi yilda o‘z ixtiyori bilan ortga qaytib ketdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar qilgan.

Ma'lum qilinishicha, 1 fevralga o‘tar kechasi 111 iroqlik Belgiya hukumati hisobidan charter reys orqali vataniga qaytgan.

"2015 yilda Iroqdan kelgan qochqinlardan jami 1014 nafari o‘z ixtiyori bilan vataniga qaytgan", deyiladi IIV xabarida.

Vazirlik vakili Teo Frankenning qayd etishicha, amalga oshirilgan charter reys bu boradagi birinchisi bo‘ldi.

Top