17:27 / 01.02.2016
4872

Dunyoning eng tig‘iz aeroporti nomi ma'lum qilindi

Dubay xalqaro aeroporti yo‘lovchilar tashish hajmi bo‘yicha birinchilikni saqlab qoldi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Aeroport vakili ma'lumotiga ko‘ra, yangi aviakompaniyalar va yo‘nalishlar qo‘shilganidan so‘ng 2015 yilda trafik 10,7 foizga oshgan. 2015 yilning dekabr oyida bu aeroport xizmatlaridan 7,05 million yo‘lovchi foydalangan.

Qayd etilishicha, 2015 yilda aeroport xizmatlaridan 75 million yo‘lovchi foydalangan va bu borada Londondagi Xitrou xalqaro aeroporti ortda qoldirilgan.

Vakilning qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda yangi yo‘lovchi terminali sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu loyiha uchun 1,2 milliard dollar sarflangan. Terminal yilning birinchi choragida ish boshlashi kutilmoqda.

Top