09:29 / 01.02.2016
5357

Fransiya prezidenti o‘zining zulmkor erini o‘ldirgan ayolni afv etdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland o‘zining zulmkor erini o‘ldirgani uchun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan 68 yoshli Jaklin Savajni ozod qilish haqidagi farmonni imzoladi.

Ayolning eri uni va qizlarini bir necha yillar davomida kaltaklab, o‘g‘lini xo‘rlab kelgan, oqibatda o‘g‘li o‘z joniga qasd qilgan.

Savaj o‘g‘li o‘z joniga qasd qilgan kunning ertasiga o‘z erini o‘ldirgan. Ushbu ish Fransiyada ovoza bo‘lib ketdi. 400 mingdan ko‘proq odam prezidentdan ayolni afv etish so‘ralgan iltimosnoma ostiga imzo chekkan.

Top