09:08 / 01.02.2016
3207

Italiya A seriyasi: "Milan" "Inter"ni yirik hisobda mag‘lub etdi va turning qolgan uchrashuvlari

31 yanvarda Italiya A seriyasining 22-turida "San-Siro" maydonida "Milan" va "Inter" jamoalari o‘rtasida mashhur Milan derbisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv "Milan" foydasiga 3:0 hisobi bilan yakunlandi.

"Milan" futbolchisi Aleks 35-daqiqada hisobni ochdi. 70-daqiqada "Inter"da hisobni tenglashtirish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi, biroq Mauro Ikardi penaltini amalga oshira olmadi. 3 daqiqa o‘tib Karlos Bakka hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Yakuniy hisobni 77-daqiqada M'Bayye Nyang o‘rnatdi.

Ta'kidlash joizki, 2-bo‘lim boshida "Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini bosh hakam bilan tortishgani uchun maydondan chiqarib yuborildi.

Musobaqa jadvalida "Milan" 36 ochko bilan 6-o‘rinda, "Inter" 41 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni yana 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ularning natijalari quyida keltirilgan.

Napoli – Empoli – 5:1
Gollar: Paredes, 28 (0:1); Iguain, 33 (1:1); Insine, 37 (2:1); Kamporeze, 51 (3:1, avtogol); Kalexon, 83 (4:1); Kalexon, 88 (5:1).

Kevo – Yuventus – 0:4
Gollar: Morata, 6 (0:1); Morata, 40 (0:2); Sandro, 61 (0:3); Pogba, 67 (0:4).

Djyenoa – Fiorentina (Florentsiya) – 0:0

Udineze – Latsio – 0:0
Chetlatishlar: Laranjyera, 42 (Udineze) – Matri, 85 (Latsio).

Torino (Turin) – Verona (Verona) – 0:0

Bolonya (Bolonya) – Sampdoriya (Genuya) – 3:2
Gollar: Mune, 12 (1:0); Donsa, 24 (2:0); Murel, 54 (2:1); Korrea, 80 (2:2); Destro, 87 (3:2, pen).

Top