22:38 / 01.02.2016
7961

Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytirilishini aytdi

Ukrainadagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha Minsk kelishuvlari bajarilmasa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytiriladi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan 1 fevralda Berlinda bergan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

"Minsk kelishuvlari hanuzgacha bajarilmaganini hisobga olib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettirishimizga to‘g‘ri keladi. Sanktsiyalarning bekor qilinishiga kelishuvlarning bajarilishi zamin bo‘ladi, biroq hozircha bu yo‘q", deb aytdi Merkel.

Merkel Poroshenko Kiyev Minsk kelishuvlarini bajarishga amal qilayotganini yana bir bor isbotlaganini qo‘shimcha qildi.

"Biz kelgusida ham Kiyev va Minsk kelishuvlarining bajarilishini, xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi dasturi orqali qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuning uchun Berlin ham, Parij ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi", deb aytdi Merkel.

Merkelning aytishicha, Donbassdagi vaziyat yana muhokama qilinadi.

Top