15:53 / 01.02.2016
11130

Ramzon Qodirov Kasyanovni nishonda ushlab turganiga shama qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiyaning sobiq bosh vaziri, bugungi muxolif siyosatchi Mixail Kasyanovning Strasburgga kelishiga o‘ziga xos tarzda munosabat bildirdi. U videoni snayper miltig‘i nishonidan ko‘ringanday bir shaklda montaj qilib, bu bilan Kasyanovning nishonda turganiga ishora qildi.

“Kasyanov Strasburgga Rossiya muxolifatiga pul olib ketish uchun keldi. Kim tushunmagan bo‘lsa, endi tushundi”, - deb yozilgan videoga ilova qilib. Bu yangilikka izoh berarkan, Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov vaziyatni o‘rganishga va'da berdi.
“Gap nimadaligiga qarab ko‘ramiz”, - dedi u.

Top