08:57 / 01.02.2016
4354

"Real" "Espanol"ni yirik hisobda tor-mor etdi va turning qolgan uchrashuvlari

31 yanvarda Ispaniya Primerasining 22-turida Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu" maydonida 6:0 hisobida "Espanol"ni tor-mor etdi. "Qaymoqranglilar" tarkibida Krishtianu Ronaldu xet-trik amalga oshirdi, Karim Benzema va Xames Rodriges bittadan to‘p kiritishdi, yana bir to‘pni "Espanol" futbolchisi Oskar Duarte o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Zinedin Zidan shogirdlari ispan birinchiligining musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallamoqdalar, ular 47 ochko to‘plagan holda "Atletiko" futbolchilaridan bir ochko, "Barselona" futbolchilaridan 4 ochko ortda qolmoqdalar.

Ispaniya Primerasi. 22-tur
Real Madrid – Espanol – 6:0
Gollar: Benzema, 7 (1:0); Ronaldu, 12 (2:0, pen); Rodriges, 16 (3:0); Ronaldu, 45 (4:0); Ronaldu, 82 (5:0); Duarte, 86 (6:0, avtogol).

Turning 31 yanvarda o‘tkazilgan qolgan uchrashuvlari quyidagicha yakunlandi.

Las-Palmas – Selta – 2:1
Gollar: Bongonda, 5 (0:1); Viyera, 33 (1:1, pen); Joze, 90 (2:1).
Chetlatish: Orelyana, 74 (Selta).

Valensiya – Sporting Xixon – 0:1
Gollar: Sanabriya, 50 (0:1, pen).

Real Sosedad – Betis – 2:1
Gollar: Priyeto, 18 (1:0); Martines, 33 (2:0); Kastro, 51 (2:1).

Top