19:05 / 01.02.2016
6439

Toshkent rossiyalik sayyohlar uchun eng hamyonbop shaharlar beshtaligiga kiritildi

Mehmonxonalarga onlayn-buyurtma berish xizmati tomonidan 2016 yilda rossiyalik sayyohlar uchun eng hamyonbop shaharlar ro‘yxati tuzildi.

Oktogo.ru sayti ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri mazkur ro‘yxatning beshtaligidan joy oldi. Reyting 2016 yilning 1 fevraldan 31 dekabrgacha band qilingan mehmonxonalarning o‘rtacha kunlik qiymati bo‘yicha tuzildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, rossiyaliklar Toshkentga uch kunlik yashash uchun kelishadi.

2016 yilda rossiyalik sayyohlar uchun eng hamyonbop shaharlar ro‘yxatiga shuningdek, Polshaning Poznan va Krakov, Iordaniya poytaxti Oman hamda Boku, Tbilisi, Palermo, Kishinev, Yerevan kiritildi.

Top