15:12 / 02.02.2016
5408

Afg‘onistonlik jangari Britaniya qurolli kuchlarini sudga berdi

"Tolibon" jangarisi Buyuk Britaniya qurolli kuchlarini sudga berdi. Bu haqda The Times nashri xabar bergan.

"Tolibon" qo‘mondonlaridan biri, bir qator teraktlar tashkilotchisi sifatida gumon qilinuvchi Serdar Muhammadning murojaatida aytilishicha, uni britaniyalik harbiylar Afg‘onistonda 106 kun davomida noqonuniy tarzda hibsda tutib turishgan.

Xalqaro huquq normalariga ko‘ra, xalqaro huquq tartibot organlari terroristik hujumlarda ishtirok etgani gumon qilinuvchilarni uzog‘i bilan 96 soat ichida tergov qilishi kerak bo‘ladi.

"Bu degani jangarini bir necha soat ortiqroq tutib turish mumkinmas, degani. Bu esa juda kulgili", deya vaziyatga baho beradi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi vakili Penni Mordaunt.

Qayd etilishicha, Serdar Muhammad kabi boshqa jangarilar ham qonundagi bu kamchilikdan foydalanishga urinishlari mumkin.

Bundan oldinroq, "Tolibon" jangarilari o‘z nomini BMTning Xavfsizlik kengashi tomonidan tuzilgan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan o‘chirilishini talab qilgandi.

Top