09:35 / 02.02.2016
5272

Alphabet Apple`ni ortda qoldirgan holda dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

2015 yilda Google`ni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan Alphabet Inc. xolding kompaniyasi dunyodagi eng qimmat kompaniya sifatida qayd etildi. Ko‘rsatkichlar bo‘yicha kompaniya Apple`ni ortda qoldirgan.

To‘rtinchi chorak hisobotida qayd etilishicha, birjalarda savdolar yopilishidan keyin Aphabet aksiyalari bahosi 9 foizga ko‘tarilgan. Shu tariqa, kompaniya qiymati 568 mlrd dollarga yetgan. Apple esa 535 mlrd dollarga baholangan.

Qayd etilishicha, eng qimmat yuqori texnologiyali kompaniyalar ro‘yxatida bir necha o‘n yildan buyon AQShdagi kompaniyalar yetakchi bo‘lib kelishmoqda.

Keyingi 5 yilda Apple yetakchilik qildi, ungacha, 2010 yilgacha o‘tgan 20 yil davomida Microsoft yetakchi bo‘lgandi, undan oldinroq esa birinchi o‘rin IBM kompaniyasiga tegishli bo‘lardi.

Top