22:02 / 02.02.2016
6806

Amerikalik haydovchi ayol tezlikni oshirgan politsiyachi mashinasini to‘xtatib, unga tanbeh berdi

29 yanvar kuni Mayamida (Florida shtati) yashovchi ayol Klaudia Kastilo mahalliy politsiya zobiti bilan o‘rin almashdi.

U trassada o‘zini quvib o‘tgan patrul mashinasiga ruxsat berilgan eng yuqori tezlikda ham yeta olmayotganiga va ikkinchi mashinaning tezligi ruxsat berilgan me'yordan balandligiga e'tiborini qaratdi.

Shundan so‘ng u zobit bilan "gaplashib qo‘yish"ga qaror qildi va ko‘p o‘tmay uni quvib yetib, uni yo‘l chetiga chiqib to‘xtashga majbur qildi. U mashinasidan tushmagan holda politsiyachini oldiga chaqirgan.

"Meni xuddi joyimda qotib turganimdek quvib o‘tdingiz. Men tezlikni soatiga 130 kilometrgacha chiqardim... va bari bir changingizda qolib ketdim", degan Klaudia bu "uchar zobit"ga.

Ayol zobitdan "qayerga bunchalik oshiqayotgani" haqida so‘ragan.

Bunga javoban politsiyachi "ishga ketayotgani, tezlikni oshirib yuborganini sezmaganini" bildirgan.

Kastilo xonim politsiyachilar fuqarolarga o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatgan, zobit esa uning gaplarini xotirjamlik bilan qabul qilgan.

Bu jarayonni ayol videoga olgan va YouTube portaliga joylashtirgan. Uchta rolik jami bir million martadan ziyod ko‘rilgan. Videolar mashhurlashib ketgach, zobitning shaxsi aniqlangan va unga nisbatan tekshiruv boshlangan.

Top