00:26 / 02.02.2016
3542

Apple binolarni iPhone’da olingan suratlar bilan bezaydi

Apple kompaniyasi yangi reklama tadbirini boshlamoqchi. Bu tadbir davomida dunyoning 85 ta shaharidagi binolar iPhone 6s smartfoni yordamida suratga olingan ulkan fotosuratlar bilan bezaladi. Bu haqda Times nashri xabar bermoqda.

Bannerlarda chop etilgan barcha suratlar iPhone 6s smartfoni yordamida foydalanuvchilar tomonidan suratga olingan. Kompaniya shu tariqa o‘z smartfonini reklama qilishga qaror qilgan.

Reklama tadbirida turli davlatlarning 41 fotosuratchisi suratga olgan 53 tasvirdan foydalaniladi. Suratlar mualliflari orasida professional fotosuratchilar bilan bir qatorda oddiy havaskorlar ham bor. Fotosuratlarni tanlashda asosiy urg‘u portretlarga hamda hayotning oddiy lahzalarini ko‘rsatishga berildi.

Suratlar yaqin orada 26 ta davlatning 85 ta shahridagi binolarda paydo bo‘ladi.

Top