08:27 / 02.02.2016
2881

Apple jahonning eng qimmat brendi sifatida tan olindi

Apple brendi yana bir bor dunyoning eng qimmatbaho brendi maqomini o‘zida saqlab qoldi. Bu brend Brand Finance Global 500 ro‘yxatida yetakchilik qilgan.

RNS sayti xabariga ko‘ra, 2016 yil arafasida Apple brendi bahosi 13,7 foizga qimmatlashib, 145,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yilda brend bahosi 128,3 mlrd dollar bo‘lgandi. Bu o‘sishga iPhone 6 va iPhone 6s mahsulotlarining muvaffaqiyat qozonishi sabab bo‘lgan. Apple kompaniyasining birinchi moliyaviy chorakdagi (2015 yilning 26 dekabrida yakunlangan) daromadi 18,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Ikkinchi o‘rinni Google egalladi — brend qiymati 22,8 foizga o‘sdi va 94,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

Uchinchi o‘rinda Samsung joylashgan. Bu brendning bahosi atigi 1,8 foiz o‘sishga erishib, 69,6 mlrd dollar bo‘lgan.

500talik ro‘yxatda IT-kompaniyalar hamda internetga aloqasi bo‘lmagan Burberry, Gucci, Ralph Lauren, Audi, Land Rover, Dove, IKEA va Nestle kabi brendlarni ham ko‘rish mumkin.

Top