08:51 / 02.02.2016
1934

«Arsenal» Debyushini «Bordo»ga ijaraga berdi

«Arsenal» o‘zining fransiyalik himoyachisi Mate Debyushining Fransiyadagi «Bordo» jamoasiga ijara asosida berilgani haqida ma'lum qildi.

30 yoshli bu futbolchi Fransiyada mavsum yakuniga qadar to‘p suradi.

Bundan oldinroq, futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va 2016 yilgi Yevropa chempionatida terma jamoaga chaqiruv olish uchun o‘zini boshqa jamoaga berishlarini so‘rayotgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Debyushi 2014 yilning yozida "Nyukasl"dan "kanonirlar" safiga kelib qo‘shilgandi. U kelganidan beri londonliklar safida 12ta o‘yin o‘tkazdi. Joriy mavsumda u jarohatlaridan forig‘ bo‘la olmagani uchun asosiy tarkibdagi o‘rinni Ektor Beleringa topshirib qo‘ydi.

Debyushi: Men qishki transferlar vaqtida "Arsenal"dan ketishim kerak

Top