23:15 / 02.02.2016
6456

BMT mutaxassislari O‘zbekistonning mahalliy bug‘doy navlarini o‘rganmoqda

BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ekspertlari O‘zbekistonning viloyatlarida bo‘lib, mahalliy bug‘doy navlarini ko‘zdan kechirishdi. Bu haqda tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi ma'lumot tarqatdi.

Tadbirda ishtirok etgan ekspertlarning fikricha, mahalliy navlar kelajakdagi navlarning genetik xilma-xilligini shakllantirishda qo‘llanilishi mumkin.

Tashrif yakunlariga ko‘ra tayyorlangan material ichida bug‘doyning barcha navlari xususida batafsil ma'lumotni o‘z ichiga olgan bo‘lib, undan xalqaro ishlanmalarda foydalanilishi ta'kidlanmoqda.

1991 yili mamlakatda yiliga 940 ming tonna don yetishtirilayotgan edi, 1 ga yerning hosildorligi 17 sentnerni tashkil qilardi. 90-yillar boshida mamlakatga un va boshqa mahsulotlar olib kirishga har yili 900 mln dollar sarflanardi.

2015 yil yakunlariga ko‘ra esa O‘zbekistonda 7.5 mln tonna don yig‘ib olindi. Bu 2014 yil hosilidan 600 ming tonnaga kamroqdir. 1 ga yerning hosildorligi o‘rtacha 55 sentnerni, ayrim hududlarda 60-77 sentnerni tashkil qilmoqda.

Top