08:13 / 02.02.2016
8328

«Endi orzu emas»: neftga bog‘liq bo‘lmagan dunyoda Tesla’ning tutgan o‘rni haqida reklama roligi olindi

Freise Brothers videomeykerlari taqchil bo‘lgan yoqilg‘iga bog‘liq bo‘lgan kelajak olami haqidagi reklama roligini suratga olishdi. Bu rolikda elektromobil begonadek tuyuladi, biroq mahalliy aholi elektr energiyasi foydasiga yoqilg‘idan voz kechib, elektromobilni kutilmaganda yaxshi kutib oladi.

Rolik davomida kadr ortidagi ovoz fizik olim Nikola Teslaning elektr energiyasining ba'zi afzalliklari haqidagi fikrlarini o‘qib eshittiradi.

Tesla Motors bu rolikni olishga Freise Brothers’ga buyurtma bergan-bermagani noma'lum, biroq kompaniya o‘zining tvitterida bu rolik haqida "Rozi bo‘lmaslikning iloji yo‘q" deb izoh qoldirdi.

Top