17:11 / 02.02.2016
2570

Mehnat vazirligi KOICA bilan kasb-hunar ta'limi salohiyatini oshirish bo‘yicha konsalting loyihasi xususida seminar o‘tkazdi

2016 yilning 29-30 yanvar kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamkorlikda “Shahrisabz shahrida professional ta'lim markazini yaratish loyihasi va O‘zbekistonda kasb-hunar ta'limi salohiyatini oshirish bo‘yicha konsalting loyihasi” doirasida seminar o‘tkazishdi.

Tadbirda mehnat vazirining birinchi o‘rinbosari Nizamov B.M., KOICA’ning O‘zbekistondagi ofisi direktori Im Jong Xi, Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Koreya kasb-hunar ta'dimi va kadrlar tayyorlash tadqiqot instituti (KRIVET) mutaxassislari, shuningdek, mehnat vazirligining kasb-hunar ta'limi yo‘nalishidagi ekspertlari, boshqa turli idora vakillari ishtirok etishdi.

Seminar kasb-hunar ta'limi, professional kadrlar tayyorlash jarayonidagi murakkabliklarni aniqlash, shuningdek, yuqorida tilga olingan loyihani amalga oshirish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

Seminar yakunlariga ko‘ra loyiha bo‘yicha mahalliy maslahatchilar ajratib olinadi va ular ikki yil davomida Janubiy Koreyaning yuqorida tilga olingan muassasalari bilan hamkorlik qilib borishadi.

Top