16:10 / 02.02.2016
14607

Munisa Rizayeva viloyatlarga to‘yga borganida talablar rayderini taqdim etishini aytdi

Xonanda Munisa Rizayeva Sayyod.com saytiga bergan intervyusida viloyatlarga nima sababdan kam borishini tushuntirib berdi.

Uning ta'kidlashicha, birinchi navbatda viloyatlarda tashkiliy masala jiddiy oqsaydi, shu bois konsertlar uyushtirish hozirga qadar muammoligicha qolmoqda.

“Talab juda kuchli, lekin organizatorlar... shu, administratorlar qilish kerak bu ishni! – dedi u. – Har safar aytaman: iltimos, viloyatlarda konsert beraylik, muxlislarim bor. Xizmatlargayam chaqirishadi-da, olib borishmaydi... Bilmayman, sababi nimaligini bilmayman”.

Bundan tashqari, chekka joylardagi ayrim to‘ylarda kuzatilgan holatlar, jumladan, to‘s-to‘polonlar tufayli Rizayeva buyurtmalarni chertib-chertib tanlaydigan bo‘lgan va talabgorlarga o‘zining shartlari ifodalangan hujjat – rayderni taqdim etadi.

“Endi, narx ham kichkina emas, - tan oldi u. – Viloyatdamas gap... Bilasizmi, bir-ikki marta viloyatga borganimda urushlar bo‘lib ketgan, janjallar bo‘lib ketganidan keyin biz. Menda rayder bor-da rayder bo‘yicha ishlayman. Olifta deyishadi meni, u deyishadi, bu deyishadi, voy, bu bunaqa yulduzlik kasaliga yo‘liqdi, deyishadi. Bu yerda yulduzlik kasalida emas gap, o‘zini hurmat qilishi kerak san'atkor. Men o‘zimni juda ham hurmat qilaman va shu uchun rayder bo‘yicha ishlayman. Rayderda yoziladi: qanaqa gostinitsa, qanaqa restoran bo‘lishi kerak; rayderimda gostinitsaning nomeridan boshlab qanaqa napitka turishidan apparatgacha... Negaki, chunki men jonli ijro tarafdoriman. Shuning uchun viloyatga borsam, albatta, jonli ijro etsam, boshqacha bo‘ladi, deb bilaman... Albatta. Somsa bermaydiku, ovqat berganida. Kafega oboradi, restoranga oboradi, to‘g‘rimi? Chunki yo‘ldan kelamiz, nima qilamiz, ovqatlanamiz? Ovqat yegandan keyin san'atkor ashulaniyam boshqacha aytib beradi-da!”.

Top