15:58 / 02.02.2016
32571

Olimlar saratonning ilk alomatlari ro‘yxatini tuzishdi

AQShlik bir guruh mutaxassislar rak kasalligining dastlabki belgilari ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Shifokorlarning fikricha, odamlarning aksariyati o‘z salomatliklariga befarq va ko‘pincha shifokorga kech murojaat qilishadi. Hozircha bedavo bo‘lgan saraton kasalligi ham tanada yashirin tarzda rivojlanadi va og‘riq bermaydi. O‘z alomatlarini so‘nggi bosqichda namoyon qiladi.

Shunday qilib, mutaxassislar fikricha, belgilarning birinchisi kuchli charchoq va uyquchilik. Ikkinchi belgi—yaxshi ovqatlanish sharoitida sababsiz ko‘p vazn yo‘qotish. Uchinchisi—tanada kuzatiladigan o‘rtacha balandlikdagi harorat (37,2-38,5). Shuningdek, tomoq bilan bog‘liq muammolar—yutingandagi og‘riq, ovozning bo‘g‘ilishi, og‘iz bo‘shlig‘i va labdagi yaralar.

Chindan ham biz yengil betoblikka ko‘pincha e'tibor qilmaymiz va oyoqda o‘tkazib yuboraveramiz. Aslida esa bu jiddiy dardlar haqidagi signal bo‘lishi mumkin ekan. Shu sababli mutaxassislar tanaga har qanday dard tekkanda o‘z vaqtida shifokorga uchrashish shartligini uqtirmoqda.

Top