15:34 / 02.02.2016
3062

O‘zbek olimlari muhofazali-berkituv seysmik klapanini yaratishdi

Toshkent davlat texnika universiteti olimlari muhofazali-berkituv seysmik klapanini ixtiro qilishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, mazkur klapan qurilish va gaz ta'minoti sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi seysmik xavf holatida gaz uzatilishini avtomatik va avtonom tarzda to‘xtatib qo‘yadigan binolarning gaz ta'minoti tizimiga tegishli muhofazali-berkituv seysmik klapani konstruksiyasini yaratishdan iborat.

Hammualiflar - Sulaymanov Sunnatulla va Xamrabayeva Nilufarga ushbu ixtiro uchun № IAP 05136 raqamli patent berilgan.

Top