11:14 / 02.02.2016
3494

O‘zbekistondagi diniy ta'lim muassasalarida II yarim yillik boshlandi

2016 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida II yarim yillik o‘quv jarayoni boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Toshkent islom institutida imtihon jarayonlari davom etmoqda, deyiladi Ta'lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi xabarida.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalarida talabalarga diniy va dunyoviy ilmlar uyg‘unlashtirilgan holda o‘rgatilib, yurtimiz aholisining diniy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida yetuk mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.

Top