22:35 / 02.02.2016
3262

Qozog‘istonda mashina va ko‘chmas mulk sotish bilan shug‘ullanuvchi saytlarga narxlarni dollarda ko‘rsatish taqiqlandi

2 fevraldan e'tiboran Qozog‘istonning onlayn e'lon sahifalarida obekt va tovarlarning narxlari faqat milliy valyuta – tangada ifodalanadi. Bu qoida birinchi navbatda eng mashhur e'lonlar taxtasi bo‘lmish krisha.kz, kolesa.kz va market.kz saytlariga taalluqlidir.

Mobil ilovalar foydalanuvchilari uchun yangi versiya yaratilib, Google Play va App Store’ga moderatsiya uchun yuborilgan. Ushbu jarayon 2-10 kun davom etadi.

Top