Ramzon Qodirov instagramdagi sahifasida chop etgan, Kasyanov "nishonga olingan holda" tasvirlangan video Instagram ijtimoiy tarmog'idan ijtimoiy tarmoq qoidalarini buzgani uchun olib tashlandi, deb yozmoqda "Vedomosti" nashri.

Video Qodirovning postlari ro'yxatida ham, uni dastlabki chop etilishiga havola bo'yicha ham akslanmayapti.

Instagram vakilining aytishicha, video ijtimoiy tarmoqning boshqa a`zolarini hurmat qilish talablarini buzgan. Ijtimoiy tarmoq qoidalariga ko'ra, tahdid qilingan va zo'ravonlikka chorlovchi mazmundagi kontent o'chirib tashlanadi.