20:43 / 02.02.2016
5913

Rossiya razvedkachilar boshlig‘i o‘zgardi

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Bosh razvedka boshqarmasiga boshliq etib general-leytenant Igor Korobov tayinlandi. Bu haqda harbiy idoradagi manbalariga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

Dushanba kuni mudofaa vaziri Sergey Shoygu Korobovga Bosh razvedka boshqarmasi rahbarining shaxsiy bayrog‘ini taqdim qildi. Marosim bosh qo‘mondonning shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi.

Korobov juma kunidan xizmat vazifasini bajara boshlaydi.

Top