07:44 / 02.02.2016
3423

«Stok Siti» o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

Angliyaning «Stok Siti» jamoasi «Portu» yarim himoyachisi Janelli Imbulani o‘z safiga qo‘shib olgani haqida rasman ma'lum qildi.

Jamoa 23 yoshli futbolchining transferiga 18,3 mln funt (24 mln yevro) sarfladi va u bilan 5,5 yillik kelishuv imzolandi.

Qayd etish kerakki, bu «Stok Siti» tarixidagi eng qimmatbaho transfer bo‘ldi.

Fransiyalik futbolchi ushbu mavsumda «Portu» safida 23ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Top