19:43 / 03.02.2016
2336

Arturo Vidal: Qishki yig‘in vaqtida ichki tartiblarni buzganim haqidagi xabarlar g‘irt bo‘hton

"Bavariya" jamoasining chililik yarim himoyachisi Arturo Vidal o‘zining Qatarda o‘tkazilgan qishki yig‘in vaqtida ichkilikbozlik bilan mashg‘ul bo‘lib, jamoadagi ichki qoidalarni buzgani to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Shuni ma'lum qilishni istardimki, nemis matbuotida tarqatilgan bu haqdagi xabar butunlay yolg‘on.

Men advokatim bilan xabarlashdim va bu gazetachilarning harakatlariga tegishli qonuniy javob qaytariladi. Ular o‘z yolg‘oni uchun javob berishlari shart.

Men "Bavariya"ga to‘la sodiqman va mavsumning ikkinchi qismiga sidqidildan tayyorgarlik ko‘rdim. Tayyorgarlik o‘ta muhim.

Menga xayrixohliq qiladigan barcha muxlislarimga minnatdorchilik bildiraman", deya yozadi u o‘z tvitterida.

Bundan oldinroq, Germaniyadagi Bild nashri Arturo Vidalning Qatardagi yig‘in vaqtida jamoa ichki tartibini buzgani uchun bosh murabbiy Xosep Gvardiola unga qattiq norozilik bildirgani haqida yozgandi.

OAV: Vidal "Bavariya"ning Qatardagi qishki yig‘ini vaqtida maishatbozlik bilan mashg‘ul bo‘lgan

Top