17:37 / 03.02.2016
4553

Moskva shimolida yo‘lda paydo bo‘lgan o‘raga 2ta avtomobil tushib ketdi

Moskva shimolidagi ko‘chalarning birida tuproqning yemirilishi natijasida paydo bo‘lgan ulkan chuqurlikka ikkita avtomobil tushib ketdi. Bu haqda «Interfaks» xabar tarqatdi.

Oldinroq, avtomobillar to‘xtash joyidagi mashinaning tagida shunday yemirilish kuzatilgani va mashinaning chuqurlikka tushib ketgani xabar qilingandi.

Manbaning aniqlik kiritishicha, chuqurli 15 kv. m hajmda 3 m chuqurlikda bo‘lgan.

Chuqurlikka BMW X5 va Hyundai markali mashinalar tushib ketgani aytilmoqda.

Top