11:06 / 03.02.2016
2778

Tokio raketaga qarshi mudofaa tizimlarini janubdagi Isigaki va Miyako orollariga joylashtiradi

Yaponiya Mudofaa vazirligi Patriot raketaga qarshi mudofaa tizimlarining eng so‘nggi modelini janubdagi Sharqiy Xitoy dengizida joylashgan Isigaki va Miyako (Okinava prefekturasi) orollariga joylashtirish masalasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Bu haqda Kiodo agentligi ma'lum qildi.

Yaponiya Mudofaa vaziri Gen Nakatani mamlakat qurolli kuchlariga agar zarurat tug‘ilsa, KXDR 25 fevralga qadar uchiradigan ballistek raketani yo‘q qilish vazifasini topshirdi. Vazirning ma'lum qilishicha, qaror muddati cho‘zilishi ham mumkin.

2 fevral kuni esa yapon mudofaa mahkamasi rahbari KXDR ballistik raketa uchirgan taqdirda, yer usti va kemalardagi raketaga qarshi mudofaa tizimlari jangovar shay holatga keltirilishini aytib o‘tgan edi.

Patriot PAK-3 komplekslari hozirda TOkioning Itigaya tumanidagi Mudofaa vazirligi hovlisi hamda poytaxt yaqinidagi Asaka va Narasino harbiy bazalariga joylashtirilgan.

Top