14:27 / 03.02.2016
6118

Vin Dizel keyingi uchta «Forsaj» filmi qachon taqdim etilishini e'lon qildi

Mashhur «Forsaj» filmining bosh qahramoni Vin Dizel o‘zining Instagram`dagi sahifasida kinokartinaning keyingi uchta qismi qachon taqdim etilishi haqida ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, Fast 8 — yangi «Forsaj» kinosi 2017 yilning 14 aprelida premera qilinadi. Shuningdek, Vin Dizel 2019 yilning 19 aprelida Fast 9 va 2021 yilning 2 aprelida Fast 10 filmlari ham taqdim etilishini tasdiqlagan.

Avvalroq yangi «Forsaj» filmini suratga olish ishlari boshlab yuborilgani va u Kubada tasvirga olinishi haqida xabar berilgandi.

Unda filmning bosh qahramonlaridan biri, marhum Pol Uoker obrazi ham kiritilishi kutilmoqda.

Ta'kidlab o‘tish joiz, «Forsaj 7» 2015 yilda internet tarmoqlaridan eng ko‘p yuklab olingan film bo‘lgan.

Ammo u eng qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan kinolar orasida ham yetakchilik qilmoqda.

Top