16:38 / 03.02.2016
4049

Xosep Gvardiola 2005 yilda «Manchester Siti» ko‘rigidan o‘ta olmay ortga qaytgani ma'lum bo‘ldi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi sobiq bosh murabbiyi Styuart Pirsning tan olishicha, u 2005 yilda Xosep Gvardiolani yaroqsizga chiqarib, unga shartnoma taklif qilishni istamagan.

«Agar o‘shanda kelajakda u shunday kuchli murabbiy bo‘lishini bilganimda, men unga ish bergan bo‘lardim. U biz bilan birga bir necha kun mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. O‘shanda Pep Yaqin Sharqda (Qatar jamoalaridan birida — Kun.Uz) o‘ynab qaytgan va o‘ziga jamoa qidirayotgandi».

«U ajoyib inson, biroq o‘shanda men kelajakda top-murabbiy bo‘lishini bilmaganman. Bizga uning o‘yinchi sifatida xizmatlari kerak emasdi, ammo murabbiy sifatida u klub uchun ajoyib xarid bo‘ldi», - deya gapirib o‘tgan Pirs «BBC Radio 5 live» nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni «shaharliklar» kataloniyalik 45 yoshli mutaxassis yozda jamoa boshqaruvini qo‘lga olishi haqida rasmiy xabar tarqatgandi.

 

 

Top