23:05 / 03.02.2016
5034

Xususiy sektordagi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik yumshatildi

Xususiy sektordagi mansabdor shaxslar davlat sektoridagi mansabdor shaxslarga nisbatan qoidabuzarliklar uchun kamroq darajada javobgarlikka tortiladilar.

Shu maqsadda O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kritilgan. Bu O‘zbekistonning jinoiy qonunchiligini erkinlashtirishga imkon berdi.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, endilikda mansab bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha moddalar guruhi davlati idoralari va tashkilotlari xodimlari hamda nodavlat tijorat va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun alohida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Avval tadbirkorlik sub'yektlarining mansabdor shaxslari va xodimlari davlat idoralari mansabdor shaxslari va xodimlari kabi bir xil jiddiy javobgarlikka tortilganlar. Endi bu javobgarlik tadbirkorlar uchun yumshatildi.

Shuning evaziga ko‘plab sudlanganlar o‘z jinoyatlarini qayta ko‘rib chiqish va avval belgilangan jazoning yumshatilishi imkonini oldilar, deb yozmoqda norma.uz.

Top