21:19 / 04.02.2016
7677

“Umrida suv ichmagan” vinochi 107 yoshda olamdan o‘tdi

Umrida biror marta suv ichmagan, deya ta'riflanayotgan ispaniyalik vinochi Antonio Dokampo Garsiya 107 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.

“U bir martada bir yarim litr qizil sharob ichishi mumkin edi”, - dedi uning o‘g‘li Manuel Dokampo Lopes.

“Ikkovimiz ham uyda bo‘lganimizda oyiga 200 litr sharob ichimiz mumkin edi. Otam hech qachon suv ichmagan”, - qo‘shimcha qildi u.

Garsia sharobni o‘zi tayyorlagan, mahsulot tarkibida konservant va qo‘shimchalar bo‘lmagan.

Top