01:25 / 04.02.2016
4302

Armaniston mudofaa vazirligi Ozarbayjon tomonidan otishma uyushtirilganini ma'lum qildi

Armaniston mudofaa vazirligida aytilishicha, Ozarbayjon qurolli kuchlari 3 fevral kechki payt Armanistonning shimoli-sharqida joylashgan chegara yaqinidagi Berkaber qishlog‘ini o‘qqa tutgan.

Oqibatda mahalliy fuqaroning avtomobili shikastlangan.

"Jabrlanganlar yo‘q. Avtomobilning shinasi va oynasi shikastlangan. Ayni vaqtda Ozarbayjon tomondan nishonga olmay o‘q uzilmoqda", deyilmoqda xabarda.

Top