15:30 / 04.02.2016
4710

BMT Assanjni ta'qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi

BMT komissiyasi fuqarolik jamiyati faoli, jurnalist Julian Assanjni yoqlab chiqib, uning ta'qib qilinishini asossiz deb topdi, deb xabar bermoqda VVS radiosi.

Xalqaro organning farmoniga ko‘ra, Assanjni qamash haqidagi sud qarori asossiz bo‘lgan.
Ilgariroq WikiLeaks asoschisi, agarda BMTning maxsus komissiyasi uni aybdor deb topsa, Buyuk Britaniya politsiyasiga taslim bo‘lishga tayyorligini bildirgan edi. O‘z navbatida, Skotlend-Yard Ekvadorning Londondagi elchixonasi hududidan chiqishi bilan jurnalist hibsga olinishini ma'lum qilgandi.

Assanj Ekvador elchixonasi binosida 2012 yil iyunidan buyon berkinib keladi. Shvetsiyada v 2010 yili zo‘ravonlik bo‘yicha ish yuzasidan qidiruvga berilgan. Aslida bu uning o‘z portali orqali oshkor qilayotgan nozik siyosiy sirlar bilan bog‘liq jarayondir.

Top