Qozog'istonning 20 foiz aholisini muhojirlar tashkil qiladi, deb xabar bermoqda The Telegraph gazetasi.

"2015 yil holatiga ko'ra, Qozog'istonda 3 mln 546 ming muhojir yashamoqda. Taxminiy baholarga ko'ra, muhojirlar Qozog'istonning 17 mln 625 ming kishilik aholisining 20,12 foizini tashkil qiladi", deyilmoqda BMT ma`lumotlari asosida yozilgan maqolada.

BMT ma`lumotlariga ko'ra, muhojirlarning tub aholiga nisbatan miqdorining kattaligi bo'yicha BAA, Qatar va Kuvayt yetakchi hisoblanadi.

Umuman olganda muhojirlar soni bo'yicha AQSh, Germaniya va Rossiya yetakchilik qilmoqda.