13:29 / 04.02.2016
4528

Brent markasidagi neft narxi barreliga 35 dollardan oshdi

Jahon bozorida Brent markasidagi neft narxi ko‘tarilishi 7,5 foizdan ko‘proqni tashkil etib, bir barreli uchun narx 35 dollarga yetdi. Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, bu dollar kursining qiymati so‘nggi 7 yildagi boshqa valyutalarga nisbatan tushishi doirasida yuz bergan.

Bugun, Brent turidagi neft London birjasida bir barreli 35,51 dollarga baholangan.

Amerikaning Texas light sweet nefti narxi 9,5 foizga oshgan.

WTI markasidagi neftning esa bir barreli 32,75 dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, bir kunda ushbu neft narxi 2,87 dollarga oshgan.

Dunyo bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishi dollar kursining tushishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Xabar qilinishicha, 2009 yil martidan buyon birinchi marta shu darajadagi dollar qiymatining tushishi kuzatilmoqda.

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, kuchsizlangan dollar, ushbu valyutada sotilayotgan neft narxiga ham ta'sir ko‘rsatgan.

Top