16:21 / 04.02.2016
4121

Federatsiyalar Kubogi. O‘zbekiston Yaponiya termasini mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo va Okeaniya mintaqasidan Federatsiyalar Kubogiga saralash bosqichi doirasida birinchi qarama-qarshilikni Yaponiyaga qarshi o‘tkazdi.

Tailandning Xuaxin shahrida o‘tayotgan ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlarida Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova mos ravishda Kurumi Nara va Nao Xibinoni mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoaga dastlabki ikki ochkoni olib kelishdi.

Juftliklar bahsida Oqgul Omonmurodova - Arina Folts juftligi Eri Xodzumi - Shuko Aoyama duetiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston vakillariga omad kulib boqmadi - 1:6, 0:6. Shu tariqa, Dmitriy Tomashevich boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi.

Bugun terma jamoa mezbonlarga qarshi bahs olib boradi.

Top