16:59 / 04.02.2016
2887

Independent: Germaniya afg‘onistonliklarni o‘z yurtiga qaytishga chaqirdi

Germaniya Afg‘oniston hukumati migrantlar masalasini hal qilgan taqdirdagina mamlakatdagi xavfsizlikni ta'minlashda davom etadi. Bu haqida The Independent xabar bergan.

“Biz bu yerda zarurat bo‘lguniga qadar qolmoqchimiz. Afg‘on xalqi ham o‘z vatanida qolishi kerak. Biz qochoqlar oqimini to‘xtatishni xohlaymiz”, dedi Germaniya Ichki ishlar boshlig‘i Tomas de Mezer Kobulga tashrifi chog‘ida.

De Mezer, shuningdek, afg‘onistonliklarni Germaniyadagi katta maosh, ish va turar joylarni orzu qilgandan ko‘ra, o‘z yurtini qayta tiklashga yordam berishga chaqirgan.

Qayd etish joizki, Germaniyada Afg‘onistondan borgan migrantlar soni ko‘pchilikni tashkil etadi. 2014 yilda qochoqlar soni 9700 nafar edi, 2015 yilda esa ularning soni 150 mingdan ortib ketdi.

Top