08:30 / 04.02.2016
6186

Ispaniya kubogi yarim finalida «Barselona» «Valensiya» darvozasiga javobsiz 7ta gol yo‘lladi

3 fevral kuni Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida birinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Barselona» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qildi va amalda final masalasini hal qildi.

O‘zining inqiroz davrini boshdan kechirayotgan "ko‘rshapalaklar" "Kamp Nou"da raqibga qarshilik ko‘rsata olmadi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq kataloniyaliklar hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirishdi. Bo‘lim so‘ngida «Valensiya»ning germaniyalik himoyachisi Mustafiy maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar yana 4ta gol urishdi. Bu o‘yinda Messi o‘z hisobiga 3ta, Luis Suares esa 4ta gol yozib qo‘ydi.

Bugun yarim finalning ikkinchi uchrashuvi «Sevilya» hamda «Selta» o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Javob uchrashuvlari keyingi haftaga belgilangan.

Ispaniya kubogi, 1/2 final, dastlabki o‘yin
Barselona – Valensiya 7:0 (3:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7 Suares, 2:0 – 12 Suares, 3:0 – 29 Messi, 4:0 – 58 Messi, 5:0 – 74 Messi, 6:0 – 83 Suares, 7:0 – 88 Suares.
Barselona – ter Stegen, Mate, Pike (Bartra, 61), Alba (Adriano, 70), Aleish Vidal, Turan, Buskets, Inesta (Serdji Roberto, 46), Neymar, Messi, Suares.
Valensiya – Rayan, Joau Kanselu (Cheryshev, 58), Aderlan Santos, Mustafi, Gayya, Rodrigo, Danilo (Feguli, 33), Barragan, Andre Gomesh, Sikeyra (Ruben Vezu, 46), Parexo.
Ogohlantirishlar: Inesta (14), Pike (24), Feguli (65), Cheryshev (79), Turan (84).
Chetlatish: Mustafi (45).

Top