08:50 / 04.02.2016
3991

Jon Kerri: Suriya hukumati ixtilofning harbiy yo‘l bilan hal qilinishi kayfiyatida

Suriya hukumat qo‘shinlari tomonidan davom ettirilayotgan hujumlar Suriya hukumatining ixtilofning siyosiy yechimini qidirishdan ko‘ra mamlakatni kuch bilan ushlab turish niyatidaligidan darak beradi, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri.

"Ular ixtilofni tinchlik bilan hal qilish masalasida xalqaro hamjamiyatning ishonchini tiklashlari va mavjud kelishuvlarga mos kelishga urinishlariga endi kech bo‘ldi", deb aytmoqda Kerri.

Kerri AQSh fevralning oxirigacha tinchlik muzokaralarining qayta boshlanishini kutayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Davlat departamentida Jyenevadagi Suriya bo‘yicha muzokaralarning to‘xtatilishiga go‘yoki Rossiya harbiy-koinot kuchlari tomonidan gumanitar karvonga hujum qilinishi sabab bo‘lgani aytilgandi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligida Suriya bo‘yicha muzokaralarni Rossiya xatti-harakatlari sababli barbod qilishga urinishlar "nomaqbul" deb atalgandi.

Top